Biography ozodbek nazarbekov mp3 2016

          Nazarbekov Ozodbek (born , 7 May, Andijon region, Shahrixon District) is a well-known Uzbek singer, honored artist of Uzbekistan ()....

          Biz qudrating oldida bechoramiz, rost,
          Kutilmagan ko'rinmas baloni daf et.
          Sonsiz gunohlar uchun olmagin qasos,
          Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

          Toju-taxt, dunyo talash odamzod uchun,
          Baloning ham tojdorin yubording bu kun.
          Ahvolimiz ayanchli, holimiz yupun,
          Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

          Osiylarga yuborgan ajdaringmi bu?
          Yo g'ofil qalbga sanchgan xanjaringmi bu?
          Nopoklikka qarshi yo lashkaringmi bu?
          Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

          Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
          Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
          Yagonam, Ollohim, bizlarni afv et,
          Afv et, afv et.

          Chigal dunyo ishlarin yecholmas bir bek,
          Davosiz dardga sensiz qo'yolmaydi chek.
          To'g'ri, ajaldan aslo qochib bo'lmas, lek
          Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

          Yerda ulovlar, ko'kda uchoqlar qani?
          To'y-bayramga atalgan o'choqlar qani?
          Mehr bilan ochilgan quchoqlar qani?
          Bizni afv et yagonam, bizlarni afv et.

          Yagonam, yagonam, bizlarni afv et,
          Yagonam, yagonam, bizlarni afv et.
          Yagonam, Ollohim, bizlarni